Yandex Eats xizmati Foydalanuvchisi bilan kelishuv

1. Atama va taʼriflar

1.1. Bu hujjat maqsadlari yuzasidan quyida keltirilgan atamalar quyidagi maʼnolarda qoʻllaniladi:

Yandex Eatsxizmati, Xizmat atamalari, Foydalanuvchi bilan kelishuvda koʻrsatilganidek, Xizmat foydalanuvchisiga mahsulot va yetkazib berish xizmati uchun buyurtma rasmiylashtirish imkoniyatini taqdim etuvchi Yandex va uning barcha filiallariga qarashli veb-saytlar (jumladan, lekin shu bilan cheklanmagan holda, internetda eats.yandex.com/uz manzilida joylashgan veb-sayt), EHM dasturlarini (jumladan, mobil qurilmalar uchun dasturlar) anglatadi.

Foydalanuvchi — mahsulot va yetkazib berish xizmati uchun yuyurtma rasmiylashtirish maqsadida Foydalanuvchi bilan kelishuv shartlari asosida Xizmatdan foydalanuvchi shaxs.

Avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi — Xizmatda roʻyxatdan oʻtish vaqtida oʻziga berilgan login va paroldan foydalangan holda Xizmatda avtorizatsiyadan oʻtgan Foydalanuvchi.

Hamkor — Xizmat foydalanuvchilariga, ular buyurtma rasmiylashtirganida, Mahsulotlarni sotadigan, shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan hollarda Xizmat foydalanuvchilariga Yetkazib beradigan, Yandex offertasini qabul qilgan va tuzilgan shartnoma asosida Yandex Eats xizmatlari buyurtmachisi boʻlgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;

Buyurtma — Foydalanuvchi tomonidan Xizmatda rasmiylashtirilgan Mahsulot yoki Yetkazib berish xizmati uchun buyurtma, buning natijasida Foydalanuvchi, Hamkor tomonidan belgilangan va Xizmatda eʼlon qilingan shartlar asosida, Hamkor bilan Mahsulotni tayyorlash va/yoki uning oldi-sotdisi haqidagi shartnoma, shuningdek, Yetkazib beruvchi bilan (yoki Yetkazib berish Hamkor tomonidan amalga oshirilsa, tegishli Hamkor bilan) bu Mahsulotni yetkazib berish haqidagi shartnoma tuzadi;

Shartnoma — Buyurtmani rasmiylashtirish natijasida Foydalanuvchi Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan tuzadigan, Foydalanuvchi va Hamkor oʻrtasidagi Mahsulotni tayyorlash va/yoki uning oldi-sotdisi haqidagi shartnoma va/yoki Foydalanuvchi va Yetkazib beruvchi (yoki Yetkazib berish Hamkor tomonidan amalga oshirilsa, Hamkor) oʻrtasidagi yetkazib berish haqidagi shartnoma.

Mahsulot — oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlari va ichimliklar (Oʻzbekiston Respublikasi (“OʻzR”) qonun hujjatlariga muvofiq muomalada boʻlishi cheklangan mahsulotlar bundan mustasno), shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari boʻlib, ularni Foydalanuvchilarga sotish Foydalanuvchi Xizmatda rasmiylashtirgan buyurtma asosida Hamkor tomonidan amalga oshiriladi. Foydalanuvchi bilan kelishuvda yoki Foydalanuvchi bilan kelishuvning 2.2-bandida keltirilgan boshqa hujjatlarda zikr qilinganda, Mahsulot ham bitta mahsulotni, ham bir nechta mahsulotni anglatadi, Foydalanuvchi bilan kelishuv yoki boshqa tegishli hujjatda boshqacha qoida belgilangan hollar bundan mustasno.

Yetkazib berish — Foydalanuvchi Xizmatda rasmiylashtirgan Buyurta asosida Mahsulotni Foydalanuvchiga yetkazib berish xizmati. Foydalanuvch bilan yetkazib berish haqida shartnomani tuzish Foydalanuvchining Xizmatda Buyurtma rasmiylashtirishi orqali Yetkazib beruvchi, yoki, agar Hamkor Yetkazib berishni xizmatini koʻrsatsa, tegishli Hamkor tomonidan amalga oshiriladi. Hamkor yoki Yetkazib beruvchi Mahsulotni Foydalanuvchiga yetkazib berish uchun uchinchi tomonlarni jalb qilish huquqiga ega.

Yetkazib beruvchi — Foydalanuvchi tomonidan Buyurtmasi rasmiylashtirilgan Mahsulotni Yetkazib beruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (Yetkazib berish Hamkor tomonidan amalga oshiriladigan hollar bundan mustasno).

Foydalanuvchi bilan kelishuv — bu mazkur hujjat boʻlib, quyidagi sahifaga joylashtirilgan: https://yandex.uz/legal/termsofuse_eda.

Yandex — “YANDEX EATS” MChJ XK, manzil: TOSHKENT SHAHRI, MIRZO ULUGʻBEK TUMANI, ELOBOD MFY, CHUST KOʻCHASI, 1-UY

Promokod — muayyan belgilar ketma-ketligi boʻlib, ularni faollashtirish va Promo-oddan foydalanishning boshqa shartlariga rioya qilish sharti bilan, foydalanuvchiga Mahsulot va/yoki Yetkazib berish va/yoki Xizmat haqi narxi uchun chegirma taqdim etadi.

Yandex Go ilovasi — mobil qurilmalarida “Yandex Go” dasturidan foydalanish boʻyicha litsenziya shartnomasi shartlari asosida Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, mobil qurilmalarga moʻljallangan “Yandex Go” dasturi; u internet tarmogʻida quyidagi hamma uchun ochiq sahifaga joylangan: https://yandex.com/legal/yandexgo_mobile_agreement/#index__russia_ru.

Korzinka Go — «Anglesey Food» MChJ XK tomonidan taqdim etiladigan Korzinka Go ilovasidan (https://korzinka.uz/publichnaya-oferta) foydalanish orqali ham erkin kirsa bo'ladigan Yandex oziq-ovqat Servisining bir bo'limi, unda tovarlarni masofadan sotish bo'yicha takliflar joylashtiriladi.

Yandex Eats ilovasi — mobil qurilmalarida “Yandex Eats” dasturidan foydalanish boʻyicha litsenziya shartnomasi shartlari asosida Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, mobil qurilmalarga moʻljallangan “Yandex Eats” dasturi; u internet tarmogʻida quyidagi hamma uchun ochiq sahifaga joylangan: https://yandex.com/legal/license_eda_uz.

1.2. Foydalanuvchi bilan kelishuvda Foydalanuvchi bilan kelishuvning 1.1-bandida belgilanmagan atamalar ishlatilishi mumkin. Bunday holda bu atama Foydalanuvchi bilan kelishuv matniga muvofiq tarzda talqin qilinadi. Foydalanuvchi bilan kelishuv matnida biror atamaning bir xil maʼnodagi talqini boʻlmasa, bu atamaning talqinini quyidagi tartibda belgilanadi: birinchi navbatda – OʻzR qonunchiligi, ikkinchi navbatda – Xizmatdagi talqin, undan keyin – internetda belgilangan (umumiy foydalaniladigan) talqin asosida.

2. Umumiy qoidalar

2.1. Bu Foydalanuvchi bilan kelishuv Foydalanuvchiga Yandex tomonidan bildirilgan Yandex Eats xizmatidan foydalanish taklifini tashkil etadi.

2.2. Foydalanuvchining Xizmatdan foydalanishi ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuv, shuningdek, quyidagilar asosida tartibga solinadi:

“YANDEX” MChJ hujjatlari (ADRR: 1027700229193):

keyingi oʻrinlarda birgalikda “Tartibga soluvchi hujjatlar” deb yuritiladi.

2.3. Xizmat/uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlash orqali Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuvni, shuningdek, Tartibga soluvchi hujjatlarning shartlarini toʻliq hajmda, hech qanday cheklov va istisnolarsiz qabul qilgan hisoblanadi. Agar Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuv va/yoki Tartibga soluvchi hujjatlarning biror qoidasiga rozilik bildirmasa, Foydalanuvchi Xizmatdan foydalanish huquqiga ega emas.

2.4. Yandex istalgan vaqtda Foydalanuvchini xabardor qilmasdan turib Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlarga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega. Foydalanuvchi bilan kelishuvning amaldagi tahriri Foydalanuvchi bilan kelishuvning 1.1-bandida koʻrsatilgan manzilda joylashgan. Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlarning yangi tahriri bilan tanishmaslikning xavfi Foydalanuvchi zimmasidadir, Foydalanuvchi bilan kelishuv yoki Tartibga soluvchi hujjatlarga oʻzgartirish kiritilgandan keyin Xizmatdan foydalanishda davom etish ularning yangi tahrirlarini qabul qilganlikni anglatadi.

2.5. Yandex tomonidan Foydalanuvchi bilan kelishuvning 2.4-bandida nazarda tutilgan tartibda Foydalanuvchi bilan kelishuvga qandaydir oʻzgartirish kiritilsa va Foydalanuvchi bu oʻzgartirishga rozilik bildirmasa, Foydalanuvchi Xizmatdan foydalanishni toʻxtatishi shart.

2.6. Xizmat Foydalanuvchiga Xizmatga joylangan materiallar bilan tanishish imkoniyatini, Hamkor va/yoki Yetkazuvchidan Hamkor va/yoki Yetkazuvchi tomonidan belgilangan va Xizmatga joylangan shartlarda Tovarlar va Yetkazmalarni Buyurtma qilish imkoniyatini, shuningdek, Foydalanuvchining Buyurtmasi parametrlarida va/yoki Foydalanuvchi bilan kelishuvda nazarda tutilgan boshqa funksiya va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taklif qiladi.

Yandex Foydalanuvchiga Xizmatga oddiy (maxsus boʻlmagan) litsenziya shartlarida joylanadigan Restoranlar, Doʻkonlar va Yetkazuvchilarning materiallari va takliflari bilan tanishish boʻyicha Xizmat funksionalidan foydalanish huquqini begʻaraz taqdim etadi.

Hamkor va/yoki Yetkazuvchidan Hamkor va/yoki Yetkazuvchi tomonidan belgilangan va Xizmatga joylangan shartlarda Tovarlar va Yetkazmalar Buyurtma qilish boʻyicha Xizmat funksionalidan foydalanish (jumladan, agar mavjud boʻlsa, oʻzi olib ketish shartlarida Buyurtma qilish) Foydalanuvchi bilan kelishuv shartlariga muvofiq oddiy (maxsus boʻlmagan) litsenziya, shuningdek, quyidagi manzilga joylangan mobil qurilmalar uchun “Yandex Eats” dasturidan foydalanish boʻyicha Litsenziya kelishuvi shartlariga muvofiq amal qiladigan qismlarning shartlarida amalga oshiriladi: https://yandex.com/legal/license_eda/?lang=hy.

Tovarlar va Yetkazmalarni Buyurtma qilish boʻyicha Xizmat funksionalidan foydalanish huquqi begʻaraz taqdim etiladi, Foydalanuvchiga Tovarlar va Yetkazmalarni Buyurtma qilish boʻyicha Xizmat funksionalidan foydalanish huquqini taqdim etganlik, shuningdek, boshqa xizmatlarni koʻrsatganlik uchun Foydalanuvchining Buyurtmasi parametrlariga muvofiq Xizmat yigʻimi olinadi.

Xizmat yigʻimi miqdori Foydalanuvchining hududi, Foydalanuvchining manzili, Yetkazish turi va shu kabilarni hisobga olgan holda avtomatik algoritmlar asosida belgilanadi hamda Xizmat interfeysidagi Restoran sahifasida, shuningdek, Buyurtma qilish ekranida aks etadi.

“Toʻgʻri, keyingisi” (yoki vazifasi shunga oʻxshash) tugmasini yoki “Keyingisi” (yoki vazifasi shunga oʻxshash) tugmasini bosish orqali Foydalanuvchi Xizmat yigʻimini toʻlashga rozilik bildiradi hamda Foydalanuvchining Buyurtmasi parametrlari va/yoki Foydalanuvchi bilan kelishuvga muvofiq Hamkor (jumladan, oʻzi olib ketish shartlaridan Tovarlarni Buyurtma qilish) va/yoki Yetkazuvchidan Tovarlar va Yetkazmalarni Buyurtma qilish, shuningdek, boshqa xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha Xizmat funksionalidan begʻaraz foydalanishga roziligini tasdiqlaydi.

2.7. Foydalanuvchining hududi, Yetkazib berish manzili, Hamkor tomonidan taqdim etilgan Mahsulot haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, boshqa holatlarga qarab, Xizmatning barcha yoki ayrim funksiyalari mavjud boʻlmasligi yoki cheklangan boʻlishi mumkin. Agar Foydalanuvchi funksiyalarni ochiqchasiga ishlata olmasa, ular Foydalanuvchi uchun mavjud emas (cheklangan) hisoblanadi. Bu cheklovlarni aylanib oʻtish maqsadida biror har qanday texnik va dasturiy usullardan foydalanish taqiqlanadi. Xizmatning Foydalanuvchi uchun mavjud boʻlmagan (cheklangan) funksiyalarini tartibga soluvchi Foydalanuvchi bilan kelishuv qoidalari bunday funksiyalar Foydalanuvchi uchun aniq shaklda mavjud boʻlmaguncha qoʻllanilmaydi. Xizmat funksiyalarining mavjudligi haqidagi axborot Foydalanuvchiga uning Yandexga yuborgan soʻrovi asosida taqdim etiladi.

2.8. Xizmatdan foydalanishd orqali Foydalanuvchi Yandexdan reklama mazmuniga ega xabarlarni olishga rozilik beradi. Foydalanuvchi Xizmatning tegishli funksiyasidan foydalangan holda yoki olingan reklama xabaridagi koʻrsatmalarga rioya qilgan holda reklama xabarlarini olishni rad etishga haqli.

2.9. Foydalanuvchi Xizmatdan foydalanganda, Yandex Foydalanuvchi tomonidan Hamkorlar va/yoki Yetkazib beruvchilar bilan tegishli ravishda Mahsulotlarni tayyorlash va/yoki sotish hamda Yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan Shartnomalarda tomon hisoblanmaydi. Yandex faqat Foydalanuvchi bilan kelishuvning 2.6-bandida belgilangan Xizmat doirasida Buyurtma berish imkoniyatini taqdim etadi va faqat Xizmat haqi doirasida javobgar bo'ladi.

2.10. Yandex O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221-I-son Qonuni mazmuni doirasida isteʼmolchilarning daʼvolarini qabul qilish vakolatli tashkilot emas hamda Foydalanuvchi tomonidan Xizmatda Buyurtmasini rasmiylashtirgan Mahsulot va/yoki Yetkazib berish xizmati sifatining talabga javob bermasligi boʻyicha shikoyatlarni koʻrib chiqmaydi va qondirmaydi. Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirish natijasida tuzilgan Shartnoma bilan bogʻliq masalalar yuzasidan, jumladan, ushbu Shartnomani bajarishga oid daʼvolar yuzasidan Yandex kompaniyasiga murojaat qilganda, Yandex tegishli maʼlumotlarni Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchiga taqdim etish, shuningdek, bu masalalar boʻyicha Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchidan olingan maʼlumotlarni Foydalanuvchiga yetkazish huqiqiga ega.

2.11. Yandex Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning mazmuni va/yoki dolzarbligi, jumladan, Mahsulot va/yoki Yetkazib berish narxi, Mahsulotni tayyorlash va/yoki Yetkazib berishni amalga oshirish vaqti haqidagi axborot, shuningdek, ayni vaqtda Mahsulotning mavjudligi uchun javobgar emas.

2.12. Ayrim hollarda, Xizmatda Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida Foydalanuvchiga yetkazilgan maʼlumotlar, Foydalanuvchidan Yetkazib berish haqida qoʻshimcha ravishda undirilmaydi (Yandex Yetkazib beruvchining Foydalanuvchiga Yetkazib berish narxiga chegirma taqdim etishini taʼminlaydi).

2.13. Xizmatning alohida funksiyalaridan foydalanish imkoniyati, jumladan, Buyurtmani rasmiylashtirish, Foydalanuvchi Xizmatda roʻyxat va avtorizarsiyadan oʻtgandan keyin mavjud boʻladi. Roʻyxatdan oʻtishda Foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtish shaklida soʻraladigan oʻzi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishi, shuningdek, login sifatida ishlatiladigan email manzili va parolni koʻrsatishi kerak. Foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtish vaqtida biriktirilgan login va parolni uchinchi shaxslarga bermaslik, shuningdek, login va parolning maxfiyligi va xavfsizligini taʼminlash majburiyatini oladi. Xizmatda Foydalanuvchining login va paroli yordamida bajarilgan barcha harakatlar Foydalanuvchining oʻzi tomonidan bajarilgan hisoblanadi.

2.14. Foydalanuvchi Xizmatdan foydalanishda bittadan ortiq hisob ishlatish huquqiga ega emas. Agar Yandex foydalanuvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan shartlar buzilganligini koʻrsatuvchi holatlarni aniqlasa, Yandex Foydalanuvchi bilan kelishuvning 4.1-bandida nazarda tutilgan choralarni qoʻllashga haqli.

3. Xizmatda Buyurtmani rasmiylashtirish tartibi va shartlari

3.1. Faqat Avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirishi mumkin. Xizmatda Mahsulot yoki Yetkazib berish uchun buyurtma rasmiylashtirishdan oldin, Foydalanuvchi Mahsulotni tayyorlash va/yoki sotishga oid barcha shartlar, shuningdek, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan hamda Xizmatga joylangan Yetkazib berish shartlari va Xizmat toʻlovi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish majburiyatini oladi. Shu bilan birga, ochiq xatolar, jumladan, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan Mahsulot tavsifida yoʻl qoʻyilgan tipografik xatolar qonuniy majburlov kuchiga ega emas.

3.2. Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirishda Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzadi hamda Mahsulot oldi-sotdisi va Yetkazib berish xizmati yuzasidan Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan bevosita shartnomaviy munosabatga kirishadi. Xizmatda Buyurtmani rasmiylashtirish Foydalanuvchining Mahsulot oldi-sotdisiga oid barcha muhim shartlar, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan hamda Xizmatga joylangan Yetkazib berish shartlari, shuningdek, ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuvdagi Xizmatdan foydalanishga oid shartlar va Xizmat haqi miqdori bilan tanishganini anglatadi.

3.3. Foydalanuvchi tomonidan Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan tuziladigan Shartnomaning muhim shartlari Xizmatda chop etiladigan Mahsulot tavsifi, Hamkor tomonidan Yandexga taqdim etilgan uni tayorlash va/yoki sotish shartlari, shuningdek, Hamkor yoki Yetkazib beruvchi tomonidan Yandexga taqdim etilgan Yetkazib berish shartlari tavsifida koʻrsatiladi.

3.4. Buyurtmani rasmiylashtirish orqali Foydalanuvchi Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi Shartnomaning bajarilishi uchun javobgarlikni oʻzida saqlagan holda Shartnomani bajarishni uchinchi shaxsga topshirishi mumkinligiga rozilik bildiradi.

3.5. Foydalanuvchi bilan tuzilgan Shartnoma (Shartnomalar) boʻyicha barcha huquq va majburiyatlar bevosita Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchidan kelib chiqadi.

3.6. Foydalanuvchi bilan kelishuvning 4.2-bandiga zarar yetkazmagan holda, Foydalanuvchi uning oʻzi Xizmatdan foydalanish, jumladan, Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida Yandexga taqdim qilgan shaxsiy maʼlumotlarining qayta ishlanishi, shu jumladan, ularning Yandex tomonidan Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirish natijasida shartnoma tuzadigan Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchiga uzatishiga (jumladan, transchegaraviy uzatish) rozilik bildiradi; bunday qayta ishlash Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan, jumladan, Yandex jalb qilgan uchinchi shaxslar orqali koʻrsatilgan Shartnomani bajarish maqsadida amalga oshiriladi. Foydalanuvchi Yandex Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan tegishli buyurtma bajarilgan sanadan boshlab kamida uch yil davomida saqlash huquqiga ega ekanligiga rozilik bildiradi.

3.7. Avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi oʻzi rasmiylashtirgan Buyurtmalar haqidagi maʼlumotlarni Xizmatning “Buyurtmalarim” boʻlimidan topishi mumkin. Xizmatning bu boʻlimida Avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi Buyurtma holadi haqidagi maʼlumotlarni koʻrishi mumkin.

3.8. Xizmatda buyurtma rasmiylashtirish orqali, Foydalanuvchi (i) Buyurtma rasmiylashtirilgandan keyin; u oʻzgartirilgan taqdirda; Mahsulotni yetkazib berishdan oldin Buyurtmaning bajarilishiga taʼsir qiladigan holatlarda yoki uning holati haqida oʻz vaqtida xabar berish maqsadida Yandex va “YANDEX” MChJ tomonidan Foydalanuvchiga yuborilishi mumkin boʻlgan elektron pochta xatlarini, (ii) Foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan telefon raqamiga yuboriladigan xabarlarni (SMS), shuningdek, (iii) Xizmat, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi ishining sifatini baholash taklifi bilan Foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan raqamga qilinadigan chaqiruvlarni qabul qilishga rozilik beradi. Agar Foydalanuvchi unga xabar yuborish funksiyasini faolsizlantirsa, Foydalanuvchi uni Buyurtmani yetkazib berish imkoniyati/imkonsizligi haqida xabardor qilish maqsadida oʻzining elektron pochta manziliga Buyurtmani Yetkazib berish jarayoni haqidagi maʼlumotning yuborilishiga rozilik beradi.

3.9. Buyurtmani rasmiylashtirish orqali, Foydalanuvchi a) Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlar bilan toʻliq tanishgani, b) Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlari, shuningdek, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan tuziladigan Shartnoma predmeti va shartlarini toʻliq tushunishi, d) Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan Shartnoma tuzish va uning bajarilishi boʻyicha oʻz harakatlarining mazmuni hamda oqibatlarini toʻliq tushunishi, e) Xizmatdan foydalanish boʻyicha ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlar shartlarini toʻliq tushunishini tasdiqlaydi, shuningdek, Xizmat haqini belgilash tartibini qabul qiladi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, sotilishi 18 yoshga toʻlganlikni talab qilinuvchi mahsulotlarni (jumladan, algokol va tamakiy mahsulotlarini) oʻz ichiga olgan Buyurtmani rasmiylashtirishda Foydalanuvchi Hamkor va Yandexga oʻzining 18 yoshga toʻlganligini tasdiqlaydi va kafolatlaydi. Hamkor Foydalanuvchidan qoʻshimcha ravishda 18 yoshga toʻlganligini tasdiqlashni talab qilish huquqiga ega. Agar Foydalanuvchi yoshini tasdiqlay olmasa, Hamkor Mahsulotni sotishdan bosh tortish huquqida ega.

3.10. Foydalanuvchi Mahsulot va Yetkazib berish xizmati, shuningdek, Buyurtmani rasmiylashtirish doirasida Xizmat haqini toʻlash majburiyatini bajarmagan, Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.17-bandiga muvofiq, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan tuzilgan Shartnomani (Shartnomalarni) bajarishni rad etgan, Foydalanuvchi bilan kelishuv va/yoki Tartibga soluvchi hujjatlar qoidalarini buzgan, shuningdek, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan tuzilgan Shartnoma shartlarini takroriy ravishda buzgan taqdirda, Yandex Foydalanuvchining Xizmatdan foydalanish va Buyurtma rasmiylashtirish imkoniyatni bloklash huquqiga ega.

3.11. Foydalanuvchi Xizmatda Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida oʻzi va Buyurtmani qabul qiluvchi haqida toʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etishi lozim. Foydalanuvchi notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish natijasida kelib chiqadigan barcha oqibatlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.

3.12. Buyurtma rasmiylashtirish uchun Foydalanuvchi, Mahsulot va Yetkazib berish haqidagi maʼlumot bilan tanishib chiqqanidan keyin, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi Shartnomani bajarishi uchun Xizmat orqali kerakli barcha maʼlumotlarni, jumladan, lekin shu bilan cheklanmagan holda, quyidagi maʼlumotlarni kiritadi: Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlari, yetkazib berish uchun toʻliq manzil (jumladan, aholi punkti nomi, metro bekati (agar boʻlsa), koʻcha (xiyobon, magistral va h.k.), uy raqami (jumladan, korpusi, tuzilishi, egaligi va boshqalar), kirish yoʻlagi raqami, xonadon raqami va qavati, domofon kodi (agar boʻlsa)), qabul qiluvchining ism-familiyasi, kontakt maʼlumotlari (telefon raqami va boshqalar), toʻlov usuli; shundan keyin “Buyurtmani yuborish” tugmasini (yoki boshqa analog tugmani) bosadi. Buyurtmani rasmiylashtirish orqali, Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuv, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan tuziladigan Shartnoma/Shartnomalarning shartlari bilan tanishgani va ularga hech bir eʼtirozsiz rozi ekanini, shuningdek, Mahsulot, Yetkazib berish va Xizmat haqi toʻgʻrisidagi Xizmatga joylangan maʼlumotlar bilan tanishganini tasdiqlaydi.

3.12.1. Foydalanuvchi Servisi orqali Korzinka Go ilovasida buyurtma rasmiylashtirayotganida «YANDEX YEDA» MChJ XK foydalanuvchi ma'lumotlarini uzatishi va olishi, shu jumladan «Anglesey Food» MChJ IP dan uning shaxsiy ma'lumotlarini, xususan: Servis orqali Korzinka Go dagi buyurtmalar tarixi, telefon raqami, Yetkazib berish manzili, foydalanuvchining Servis orqali Korzinka Go bilan o'zaro aloqasi haqidagi texnik ma'lumotlarni, Korzinka Go dagi Servis orqali Buyurtmalar bo‘yicha qo'llab -quvvatlash xizmati bilan o'zaro aloqasi to'g'risidagi ma'lumotlarni olishi haqida xabardor qilingan va bunga rozi bo'ladi. Ma'lumotlar «YANDEX YEDA» MChJ XK va «Anglesey Food» MChJ XK tomonidan foydalanuvchining Korzinka Go dagi buyurtmalarini Servis orqali rasmiylashtirishi uchun, tahlil maqsadlarida, Korzinka Go dagi Servis orqali buyurtmalar bo'yicha foydalanuvchilarni qo'llab - quvvatlash uchun, shuningdek Korzinka Go da Servis orqali va Korzinko Go ilovasida chegirmalarni taqdim etish imkoniyatini hisobga olish uchun (https://korzinka.uz/publichnaya-oferta) qayta ishlanadi.

Korzinka Go dagi Buyurtma uchun to'lovni Servis orqali amalga oshirayotganda Foydalanuvchi uchinchi shaxslarga tegishli veb-resursga yo'naltiriladi. Servis to'lov ma'lumotlarini nazorat qila olmaydi yoki ularga kira olmaydi, uchinchi shaxsning bunday resursida foydalanilgan to'lov ma'lumotlari haqidagi ma'lumotlarni qabul qila olmaydi yoki saqlay olmaydi.

3.13. Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi va Foydalanuvchi oʻrtasidagi Shartnoma/Shartnomalarni tuzish vaqti quyidagi tartibda belgilanadi:

3.13.1. Hamkor bilan Shartnoma/Shartnomalar Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirish shaklida “Xuddi shunday! Toʻlov qilish” tugmasini (yoki shunga oʻxshash tugmani) bosgan vaqtda tuziladi, Yetkazib beruvchi bilan Shartnoma esa, Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.14-bandiga muvofiq Mahsulotni Yetkazib beradigan Yetkazib beruvchi aniqlangan vaqtda tuziladi. Agar naqd pulsiz toʻlov usuli tanlangan boʻlsa, koʻrsatilgan tugmani bosganidan keyin, Foydalanuvchiga toʻlovni amalga oshirish uchun cheklangan vaqt beriladi, bu vaqtdan soʻng “XATO Toʻlov qilish (seans) vaqti tugadi. Yangi buyurtma rasmiylashtiring” xabari chiqadi. Agar biror sababga koʻra, belgilangan vaqtda toʻlov amalga oshmasa, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan Shartnoma/Shartnomalar tuzilmagan hisoblanadi.

3.13.2. Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.13.1-bandida nazarda tutilgan holatda “Xuddi shunday! Toʻlov qilish” tugmasini (yoki shunga oʻxshash boshqa tugmani) bosish orqali, Foydalanuvchi ushbu kelishuvning 6.8-bandida nazarda tutilgan Yetkazib beruvchilar orasidan Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.14-bandiga muvofiq aniqlangan Yetkazib beruvchi bilan Shartnoma tuzishga toʻliq va soʻzsiz rozilik bildiradi (aksept).

3.14. Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin Hamkor Buyurtmani bajarishni boshlagan (Hamkor tomonidan Mahsulot tayyorlash boshlangan) / Hamkor Mahsulotni yigʻishni boshlagan (agar shunday funksiya mavjud boʻlsa) vaqtdan boshlab 5 daqiqa ichida bir qator Yetkazib beruvchilar orasidan Mahsulotni Yetkazib beruvchi belgilanadi. Yandex Foydalanuvchini Hamkordan Buyurtmani bajarish boshlangani (Hamkor tomonidan Mahsulotni tayyorlash boshlangani / Hamkor tomonidan Buyurtmani yigʻish boshlangani) yuzasidan kelib tushgani haqida push-bildirishnoma orqali (bunday hollarda, agar Foydalanuvchi mobil qurilmasida Yandex Eats va/yoki Yandex Go ilovasidan bunday bildirishnomalarni olishni faolsizlantirgan boʻlsa, Foydalanuvchining ushbu push-bildirishnomalarni olmagani uchun javobgar boʻlmaydi; bu holatda tegishli maʼlumotni olmaslik xavfi uchun Foydalanuvchi javobgar hisoblanadi) yoki Foydalanuvchi Yandex Eats va/yoki Yandex Go ilovasi yordamida Buyurtmani rasmiylashtirganda, SMS orqali, Buyurtma veb-sayt yordami rasmiylashtirilganda Xizmatning “Buyurtmalarim” boʻlimida Buyurtmaning “Restoran tayyorlamoqda” holati orqali xabardor qiladi. Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuvning 6.9-bandida koʻrsatilgan telefon raqami orqali Yandexga murojaat qilib Buyurtmani bajaradigan Yetkazib beruvchi haqida maʼlumot olishi mumkin.

3.15. Foydalanuvchi 3.12-banda nazarda tutilgan harakatlarni bajarish vaqtida, u isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi qonunlarda belgilangan Mahsulot va Yetkazib berish, shuningdek, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi haqidagi barcha maʼlumotlar Foydalanuvchiga toʻliq yetkazilganini tasdiqlaydi.

3.16. Hamkor quyidagi hollarda Buyurtmani bekor qilishi mumkin:

3.16.1. agar Hamkor Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida taqdim etgan kontakt maʼlumotlari orqali Foydalanuvchi bilan bogʻlana olmasa (Hamkor foydalanuvchi tomonidan rasmiylashtirilgan Buyurtma doirasida Mahsulotni yetkazib berishni amalga oshiradi);

3.16.2. agar Hamkor Shartnomani bajara olmasa.

3.16.3. Agar hamkor Shartnomani toʻliq bajara olmasa, u 3.16.2-banda muvofiq buyurtmani bekor qilishi yoki Buyurtma tarkibini oʻzgartirish maqsadida Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan telefon raqami orqali Foydalanuvchi bilan bogʻlanishi mumkin. Buyurtmaga oid oʻzgarishlar haqidagi maʼlumot Foydalanuvchining bunday oʻzgarishlarni tasdiqlashi imkoniyati bilan Xizmatda ham aks ettiriladi. Foydalanuvchi yangi shartlarga quyidagi usullardan biri orqali rozilik bildirsa, Buyurtma ushbu yangi shartlar asosida rasmiylashtirilgan hisoblanadi: a) telefon orqali; b) Xizmatda.

3.17. Buyurtmani rasmiylashtirgan Foydalanuvchi Buyurtmani qabul qilish uchun Yetkazib berish manzilida hozir boʻlishi, shuningdek, Mahsulot yetkazib berilganda uning qabul qilinishi va tegishli toʻlovning amalga oshirilishini taʼminlashi lozim. Yetkazish manzili boʻyicha Foydalanuvchi mavjud boʻlmagan taqdirda, shuningdek, Foydalanuvchining harakati/harakatsizligi natijasida yuzaga kelgan sabablarga koʻra Mahsulotni Foydalanish imkoni boʻlmasa, shuningdek, Foydalanuvchi tomonidan Mahsulotni qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda (Mahsulot sifati yaroqli boʻlmagan yoki Foydalanuvchi tomonidan rasmiylashtirilgan Buyurtmaning tegishli shartlariga muvofiq Foydalanuvchi tomonidan Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.18-bandiga amal qilingan hollardan tashqari), 10 daqiqalik kutish vaqti tugashi bilan Foydalanuvchi Hamkor va/yoki Yetkazuvchi bilan Shartnomani (Shartnomalarni) bajarishdan bosh tortgan hisoblanadi, bunda Mahsulot va Yetkazish uchun Foydalanuvchi tomonidan toʻlangan pul mablagʻi Buyurtmani bajargani munosabati Hamkor, Yetkazuvchi hamda Buyurtma haqidagi maʼlumotlarni qayta ishlab uzatgani munosabati bilan Yandex tomonidan amalda bajarilgan xarajatlarni chegirgan holda Foydalanuvchiga qaytariladi.

3.18. Agar, Foydalanuvchining fikricha, Foydalanuvchiga yetkazilgan Mahsulotning sifati qoniqarsiz boʻlsa va/yoki Mahsulot rasmiylashtirilgan Buyurtmaga mos boʻlmasa, Foydalanuvchi aloqa shakli (yordam xizmati chati) orqali zudlik bilan Yandexga murojaat qilishi va yetkazib berilgan Mahsulotning rasmlari, shuningdek, Mahsulotning kamchiliklari tavsifini yuborishi kerak. Yandex Foydalanuvchilarning shikoyatlarini Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchiga yetkazish uchun qabul qiladi.

3.19. Mahsulot Yetkazib berish jarayonida Hamkor Yetkazib beruvchining vakiliga (tegishli sifatga ega va rasmiylashtirilgan Buyurtmaga mos) Mahsulotni topshirgan vaqtda oʻzining Shartnoma boʻyicha Mahsulotni Foydalanuvchiga topshirish majburiyatini bajargan hisoblanadi.

3.20. Xizmatda koʻrsatilgan Mahsulotni tayyorlash va/yoki sotish hamda Yetkazib berish vaqti taxminiy hisoblanadi.

3.21. Yandex Hamkorining Buyurtmani qabul qilishga tayyorligini tasdiqlamasligi, Buyurtmani Yetkazib berish imkoniga ega boʻsh Yetkazib beruvchilarning (Yetkazib beruvchilar kuryerlarining) yoʻqligi, shuningdek, Hamkor/Yetkazib beruvchining Buyurtma yuzasidan oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida va tegishli tartibda bajarishga toʻsqinlik qiladigan boshqa sabablarga koʻra Hamkor/Yetkazib beruvchi tomonidan Buyurtmani bajarish mumkin boʻlmagan hollarda Yandex Foydalanuvchiga Buyurtma toʻlovini qaytargan holda Buyurtmani bekor qilish huquqiga ega.

4. Xizmatdan foydalanish. Xizmatning alohida funksiyalari

4.1. Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuv va/yoki Tartibga soluvchi hujjatlarni takroriy ravishda buzgan hollarda, Yandex Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlar, shuningdek, qonunchilik talablari yoki uchinchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilish maqsadida, oʻz ixtiyoriga koʻra, Foydalanuvchining oʻz hisobi yordamida Xizmatdan (yoki agar buning imkoni boʻlsa, Xizmatning muayyan funksiyalaridan) foydalanish imkoniyatini cheklash yoki uning hisobini butunlay bloklash yoxud unga nisbatan boshqa choralarni qoʻllash huquqiga ega.

4.2. Foydalanuvchi Yandex, uning filiallari yoki hamkorlariga Xizmatdan foydalanish, Xizmatda Buyurtma rasmiylashtirish, Buyurtmani rasmiylashtirish natijasida tuziladigan Shartnomani Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan bajarilishi maqsadlarida, shuningdek, ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuv va Maxfiylik siyosatida (quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://yandex.uz/legal/confidential/) belgilangan boshqa maqsadlarda Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash, Yandex hamkorlari, jumladan, Hamkorlar va/yoki Yetkazib beruvchilarga uzatish (jumladan, transchegaraviy uzatish), bu maʼlumotlarning Yandex hamkorlari, jumladan, Hamkorlar va/yoki Yetkazib beruvchilar tomonidan qayta ishlanishi uchun rozilik beradi.

4.3. Sifatni nazorat qilish va nizolarni hal qilish maqsadida Yandex Foydalanuvchi va Yandex yordam xizmati mutaxassislari, shuningdek, Hamkorlar va/yoki Yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi barcha suhbatlarni yozib olishi mumkin.

Foydalanuvchi Yordam xizmati mutaxassislarini haqoratlasa, ularga tahdid qilsa yoki boshqa nomaqbul soʻzlar bilan murojaat qilsa, Yordam xizmati mutaxassislari Foydalanuvchi bilan ham ogʻzaki, ham yozma shaklda muloqotni toʻxtatishga haqli.

5. Mahsulot va/yoki Yetkazib berish uchun toʻlov

5.1. Foydalanuvchi rasmiylashtirgan Buyurtma doirasida Mahsulot va/yoki Yetkazib berish uchun toʻlov Foydalanuvchi tomonidan quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

5.1.1. Foydalanuvchi uchun ulangan bank kartasi orqali naqd pulsiz toʻlovlarni amalga oshirish funksiyasi mavjud boʻlishi mumkin (Foydalanuvchi bilan kelishuvning 5.4-bandi); bunday hollarda Yandex Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi nomidan harakat qiladi. Toʻlovlarni qabul qilish qonun hujjatlariga muvofiq bunday xizmatlarni koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan toʻlovlarni (keyingi o‘rinlarda “naqd pulsiz toʻlov” deb yuritiladi) qabul qilishga vakolatli operator tomonidan amalga oshiriladi. Yandex naqd pulsiz toʻlov imkoniyatini taqdim etishga oid Xizmat faoliyatida xato va nosozliklar kuzatilmasligiga kafolat bermaydi.

5.1.2. Foydalanuvchi uchun Buyurtma haqini bevosita Buyurtma Yetkazib berilganda naqd pulda toʻlash funksiyasi mavjud boʻlishi mumkin. Agar Buyurtmani rasmiylashtirishda naqd pulda toʻlash usuli koʻrsatilmasa, bu Foydalanuvchi uchun bunday toʻlov usulidan foydalanish imkoniyati mavjud emasligini bildiradi.

Agar Foydalanuvchi tomonidan ilgari rasmiylashtirilgan Buyurtmalar uning aybi bilan yetkazilmagan boʻlsa, Yandex Foydalanuvchining naqd pul shaklidagi toʻlov usuli bilan Buyurtma rasmiylashtirishini rad etishga haqli.

5.1.3. Foydalanuvchi uchun, Hamkor tomonidan Mahsulot Yetkazib berilganganda, bevosita Hamkorga naqd pulda toʻlov qilish imkoniyati mavjud boʻlishi mumkin (alohida hollarda). Toʻlovning bunday shakli Yandex ishtirokisiz amalga oshiriladi va Foydalanuvchi bilan kelishuv asosida tartibga solinmaydi.

5.2. Foydalanuvchi bilan kelishuvning 5.1, 5.1.1, 5.1.2-bandlarida nazarda tutilganidek, Buyurtma va Yetkazib berish uchun toʻlovda Yandex ishtiroki faqatgina Yandex Hamkorlar va Yetkazib beruvchilarning Foydalanuvchiga Mahsulotlarni sotish va yetkazib berishda yordam koʻrsatishi boʻyicha koʻrsatmalarini bajarish yuzasidan amalga oshiriladi, bunda pul mablagʻlari vakolatli operatorlar tomonidan qabul qilinadi.

5.3. Amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Mahsulot, Yetkazib berish uchun toʻlov qilish, xizmat haqini toʻlash vaqtida chek/cheklar Xizmatdagi “Buyurtmalar tarixi” boʻlimi yoki mazmunan shunga oʻxshash boʻlimga yuborish orqali Foydalanuvchiga taqdim etiladi.

5.4. Ulangan bank kartasi Xizmat interfeysida Foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilishi mumkin, bunda Foydalanuvchi quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:

  • Bank kartasi egasining ismi (“cardholder” qiymati);
  • Bank kartasi raqami;
  • Amal qilish muddati;
  • Himoya kodi.

Agar bank kartasi maʼlumotlari toʻgʻri, haqiqiy boʻlsa va bu kartadan Xizmat doirasida texnik jihatdan foydalanish mumkin boʻlsa, koʻrsatilgan bank kartasi Ulangan maqomini oladi va naqd pulsiz toʻlovlar uchun ishlatilishi mumkin. Barcha Ulangan kartalar Xizmat interfeysida koʻrsatiladi.

5.5. Naqd pulsiz toʻlov Foydalanuvchi tomonidan toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega operator ishtirokida amalga oshiriladi hamda toʻlov tizimlari, banklar (jumladan, Ulangan kartani chiqargan bank) va hisob-kitoblarning boshqa ishtirokchilarining qoidalari bilan tartibga solinadi.

5.6. Foydalanuvchi bilan kelishuvning 5.4-bandiga muvofiq, oʻz maʻlumotlarini koʻrsatishda va keyinchalik Ulangan kartadan foydalanishda Foydalanuvchi oʻz nomiga chiqarilgan amaldagi bank kartasi haqida haqiqiy va toʻliq maʼlumotlarni taqdim etayotganini; toʻlov tizimlari qoidalari va Ulangan kartani chiqargan bankning talablariga, jumladan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibiga rioya qilishini tasdiqlaydi va kafolatlaydi.

5.7. Foydalanuvchi Xizmatda roʻyxatdan oʻtish vaqtida unga biriktirilangan login va paroldan foydalangan holda avtorizatsiya qilinganidan keyin, Xizmat doirasida amalga oshirilgan barcha harakatlar, jumladan Ulangan bank kartasi orqali amalga oshirilgan naqd pulsiz toʻlovlar Foydalanuvchi tomonidan bajarilgan, deb hisoblanishini tushunadi va bunga rozilik bildiradi.

5.8. Agar Foydalanuvchi naqd pulsiz toʻlov fakti va/yoki miqdori va Xizmat doirasida Ulangan kartadan foydalanish bilan bogʻliq boshqa masalalardan norozi boʻlsa, Foydalanuvchi naqd pulsiz toʻlov amalga oshirilgan yoki murojaatga sabab boʻlgan boshqa harakat yoki hodisalar sodir boʻlgan vaqtdan boshlab 14 kun ichida ushu Foydalanuvchi bilan kelishuvda koʻrsatilgan rekvizitlar orqali Yandexga murojaat qilish huquqiga ega.

Agar bunday soʻrovni tekshirish natijasida Yandex naqd pulsiz toʻlov summasini toʻliq yoki qisman qaytarishga qaror qilsa, bu summa naqd pulsiz toʻlov amalga oshirilgan bank kartasining bank hisob raqamiga qaytariladi. Pul mablagʻlarini qaytarish tartibi toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega operator ishtirokida amalga oshiriladi hamda toʻlov tizimlari, banklar (jumladan, Ulangan kartani chiqargan bank) va hisob-kitoblarning boshqa ishtirokchilari qoidalari bilan tartibga solinadi.

5.9. Yandex istalgan payt Foydalanuvchidan oʻzi tomonidan Servis doirasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni, jumladan, Ulangan karta maʼlumotlarini tasdiqlashni hamda shu munosabat bilan taqdim etmaslik Yandex ixtiyoriga koʻra notoʻgʻri maʼlumot taqdim etishga tenglashtirilishi va Foydalanuvchi bilan kelishuvning 4.1-bandida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan tasdiqlovchi hujjatlarni (xususan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni) talab qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

5.10. Foydalanuvchi Mahsulot va/yoki Yetkazib berish uchun Foydalanuvchi bilan kelishuvda nazarda tutilgan naqd pul shaklidagi toʻlovlarga oid masalalar yuzasidan Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchiga murojaat qilish huquqiga ega.

6. Boshqa shartlar

6.1. Foydalanuvchi Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchilar bilan Shartnoma tuzish, shuningdek, Foydalanuvchi bilan kelishuvda nazarda turilgan boshqa bitimlar va harakatlarni amalga oshirish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, layoqatli shaxs ekani va talab etilgan yoshga yetganini tasdiqlaydi.

6.2. Yandex quyidagilar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi:

6.2.1. Xizmat faoliyati va/yoki Foydalanuvchilarga Buyurtmani rasmiylashtirish imkonini beruvchi funksiyaning ishlashida Yandexga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yuzaga keladigan vaqtinchalik nosozlik va uzilishlar, shuningdek, bunday nosozlik va uzilishlar natijasida maʼlumotlarning yoʻqolishi.

6.2.2. Xizmatning ishonchliligi, sifati va tezligi.

6.3. Foydalanuvchining Yandexga murojaat qilish tartibi: barcha murojaatlar Xizmat interfeysida mavjud boʻlgan aloqa shakli (yordam xizmati chati) yordamida Yandex yordam xizmati orqali yuborilishi lozim. Xizmat funksionalligi Foydalanuvchiga Yandexga murojaat qilishning boshqa usullarini ham taqdim etishi mumkin.

6.4. Agar Xizmatda boshqacha belgilangan boʻlmasa, Xizmatda koʻrsatilgan barcha narxlar QQSni oʻz ichiga oladi.

6.5. Promokoddan foydalanib Mahsulot va/yoki Yetkazish narxiga chegirmalar taqdim etish Yandex Eats xizmatining Promokodlardan foydalanish shartlarida (https://yandex.uz/legal/promocode_eda/) nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.

6.6. Yetkazuvchi tomonidan yetkaziladigan Mahsulotlarni identifikatsiyalash maqsadida bunday Mahsulotlar haqidagi maʼlumotlar Xizmatda kuryer tasviri aks etgan belgi bilan belgilanadi, shuningdek, Yetkazish Hamkor tomonidan amalga oshirilishi haqidagi maʼlumot bilan dastaklanadi.

6.7. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish haqidagi Qonun bilan nazarda tutilgan Hamkorlar/Yetkazuvchilar haqidagi maʼlumotlar tegishli Hamkor va/yoki Xizmat sahifasida Foydalanuvchi eʼtiboriga yetkaziladi. Xizmatda maʼlumotlari keltirilgan Hamkorning ish rejimi, agar Hamkor tomonidan boshqacha belgilanmagan boʻlsa, Hamkor tomonidan Buyurtmalarni qabul qilish vaqtiga mos keladi.

6.8. Yandex haqida:

Firma nomi: “YANDEX EATS” XK MChJ

Tashkiliy-huquqiy shakli: Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona

Joylashgan joyi: TOSHKENT SHAHRI, MIRZO ULUGʻBEK TUMANI, ELOBOD MFY, CHUST KOʻCHASI, 1-UY

Registratsiya raqami: 2059526

Registratsiya sanasi: 16.01.2023

STIR: 310150022

Chop etilgan sana: 11.04.2023

https://yandex.uz/legal/termsofuse_eda/03022023